“MONOLITH ASIA” MChJ XK – Ukraina, Polsha, Ruminiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Moldova va boshqa mamlakatlarda taqdim etilgan “PlazmaTek” xalqaro kompaniyalar guruhining bir qismidir.
2020 yildan beri biz mustaqil ishlab chiqarish korxonasi sifatida faoliyat yuritmoqdamiz va bugungi kunda biz Osiyo payvandlash materiallari bozorida yetakchilar qatoriga dadil kirmoqdamiz.
Yiliga 20 000 tonnadan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan holda, biz xom ashyoni ishlab chiqishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan toʻliq sifat nazorati siklini ta’minlaymiz. Kompaniyada oʻz ilmiy-tadqiqot va muhandislik-texnologiya markazi ishlab turibdi, bu esa bizga barqaror yuqori standartlarni saqlab qolish va xalqaro bozorlar talablariga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Bizning ustuvor vazifalarimiz – yangi bozorlarni oʻzlashtirish, mahsulotlar qatorini rivojlantirish, texnologik samaradorlik, ekologik mas’uliyat va yuqori malakali mutaxassislar jamoasi.
Bugungi kunda korxonada 350 dan ortiq xodim mehnat qilmoqda, raqobatbardosh mehnat sharoitlari ta’minlangan. Ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda: elektrodlar ishlab chiqarish boʻyicha uchta liniya modernizatsiya qilindi, oʻz payvandlash simlarini ishlab chiqarish uchun ikkita tortish uskunasi oʻrnatildi, logistika takomillashtirilmoqda. Mahsulotlarni yuklab joʻnatish oʻz avtopark orqali ham, sherik logistika tarmoqlari orqali ham amalga oshiriladi.
Bizning falsafamizning markazida – oxirgi iste’molchi uchun amaliy qadriyat. Biz faqatgina umidlarga javob bermasdan, ulardan oldinda boʻlishga intilamiz. Mualliflik tubusli qadoq ishlab chiqilgan. Bu nafaqat qulay, balki mahsulotni ommaviy qalbakilashtirishlardan himoya qiladi.
Bizning texnologlar jamoasi mahsulotlarni doimiy ravishda takomillashtirib boradi va payvandlash elektrodlarining yangi turlarini ishlab chiqadi.
Biz rivojlanishga, infratuzilmani mustahkamlashga va raqobatdosh ustunliklarni oshirishga faol sarmoya kiritmoqdamiz.
“MONOLITH ASIA” MChJ XK – bu kelajakka ishonch bilan qaraydigan, ulkan maqsadlarga ega boʻlgan jadal rivojlanayotgan korxona.